Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi

     Rel'ssiz transport vositalari harakatlanadigan bo'laklar soni chiziqlar yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar yo'l bo'laklarini o'zlari, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar.

TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI

JAMOAT TRANSPORTIDA

     Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi.

To'xtash va to'xtab turish

     Transport vositalariga yo'lning o'ng tomonidagi yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat beriladi.

KO'CHA VA YO'LLARDAN O'TISH

     Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o'tish joylaridan va "Piyodalarning o'tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o'ting. Bunda o'zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo'qiigiga ishonch hosil qilib, ko'cha va yo'lni tik perpendikulyar holda kesib o'ting.