Do'kon

30 dan ortiq g’azablangan begemotlar timsohga hujum qilishdi (+video)

  • Bo'lim: DUNYO

Janubiy Afrikaning Kruger milliy bog’ida 30 dan ortiq begemotlarning timsohga hujum qilgani videotasvirga olindi. Video YouTubening Kruger Sightings kanalida chop etildi.

“Ko’rgazma ajoyib bo’ldi” deydi xotini bilan birga sayohat qilayotgan 71 yoshli pensioner Harish Kumar. Timsoh g’azablangan podaning o’rtasiga tushib qoldi. Begemotlar timsohni o’zlarining hududidan chiqib ketishini xohladi. Son tarafdan ustunlik timsoh tarafida emas edi. Begemotlar timsohga tashlanishdi, unga hujum qilishdi, biroq timsoh u yerdan qochishga muvaffaq bo’ldi.

Kruger Milliy Parki Janubiy Afrikaning shimolida joylashgan. Uning hududida tahminan bir yarim ming sher, 12 ming fil, 2,5 ming qo’tos, minga yaqin qoplon va besh ming atrofida rinoceroz mavjud.

Manba: Lenta.ru