Do'kon

OAV: 12 yildan so’ng asteroidning yer bilan to’qnashuvi global falokatni keltirib chiqaradi

  • Bo'lim: DUNYO

2029 yilda Apofis asteroidi yerga yaqinlashadi, agar bu yaqinlik to’qnashuvga aylansa bu butun bir qit’a yoki yer miqyosidagi halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunday taxmin bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan ilgari surilmoqda.

Apofis asteroidi 2004 yilda kashf etilgan. Uning ismi qadimgi Misrning ilon xudosiga bag’ishlab qo’yilgan bo’lib, u yer osti zulmatida yashaydi va Quyoshni yo'q qilishga intiladi. Asteroidning diametri 300 metrdan oshiqroq. Agar asteroid yer bilan to’qnashsa quvvati trotil ekvivalentida 506 megatonnaga teng bo’lgan portlash yuz beradi. 2029 yilga kelib asteroid va yer o’rtasidagi masofa 40 ming kilometrdan kamroq bo’lishi tahmin qilinmoqda - bu oy bilan yer o’rtasidagi masofadan 10 marta kamroq degani.

Biroq, ommaviy axborot vositalarida paydo bo’lgan ma’lumot bo’rttirib ko’rsatish bo’lishi mumkin. Oldinroq Amerika aerokosmik agentligi NASA asteroidning 2029 yilda yer bilan to’qnashish ehtimoli mavjud emasligini bildirib o’tgan edi. Olimlarda Apofis asteroidining hechqachon yerga tushmasligi bo’yicha aniq tahminlar mavjud emas, biroq olimlar keyingi bir necha yuz yillikda yerga asteroid to’qnashmasligiga ishonishadi.

Manba: Mk.ru