Do'kon

Odamning yangi ajdodi aniqlandi

  • Bo'lim: DUNYO

Xalqaro olimlar guruhi JARning Yoxannesburg shahri yaqinidagi Sterkfonteyn g’orida topilgan oliy primat qoldiqlari avstralopiteklarning yangi turi - Australopithecus Prometheus’ga tegishli ekanligini aniqladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Avstralopiteklar birinchi marta 1924-yilda Janubiy Afrikada topilgan. Avstraliyalik anatomist Reymond Dart ularni Australopithecus Africanus turiga kiritgan. Ularning o’ziga xosligi ikki oyoqda harakatlana olish qobiliyati bo’lgan. Katta avstralopiteklar 1936-yilda Sterkfonteyn g’orida topilgan. Tosh qotgan qoldiqlarning aksariyat qismi o’sha turga kiritilgan, biroq olimlar qoldiqlarning bir qismi boshqa turga- Australopithecus Prometheus’ga taalluqli ekanligini taxmin qilgan.

1990-yillarning o’rtalarida Australopithecus Prometheus’ga xos xususiyatlarga ega bo’lgan avstralopitekning deyarli to’liq skeleti - StW 573 topilgan. Yoshi 3,67 million yil deb hisoblanadigan skelet “Kichik oyoq” deb nomlangan.

Tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, StW 573 bosh suyagi avstralopiteklarning boshqa turlari bosh suyaklariga o’xshash bo’lgan. U daraxtga chiqa olgan, biroq boshqa turlar kabi chaqqon bo’lmagan. Shu bilan birga, oyoqlari qo’llaridan uzun bo’lgan StW 573 katta masofaga yura olgan.