Do'kon

“Inson erkinligi indeksi” bo’yicha 2018 yilgi ro’yxat e'lon qilindi

  • Bo'lim: DUNYO

Amerikaning bir qator tadqiqot institutlari tomonidan “Inson erkinligi indeksi” bo’yicha ro’yxat nashr etildi. Undan 162 mamlakat o’rin olgan. Bu haqda Turon24 xabar berdi.

Unda Qozog’iston 90-o’rin, Qirg’iziston-99, Tojikiston esa 124-o’rinni egallagan.

Shuningdek, ro’yxatda MDH davlatlaridan Armaniston-57, Moldaviya-75, Ukraina-118, Rossiya-119, Belarus 128-o’rindan joy oldi.

Amerika tadqiqot markazining reytingida Yangi Zelandiya, Shveytsariya, Gonkong, Avstraliya, Kanada inson erkinligi yaxshi rivojlangan davlatlar qatoriga kiritilgan. Ulardan farqli ravishda Liviya, Iroq, Yaman, Venesuela va Suriya eng oxirgi qatorni egallagan.

Shaxsga bo’lgan munosabatlarda, qo’riqlash va xavfsizlik sohasida, shuningdek, milliy valyuta barqarorligiga erishishda yaxshi natija ko’rsatgan davlatlar “Inson erkinligi indeksi”da yetakchilik qilgan.

Ro’yxatda erkinlik masalasi, fuqarolik jamiyati va qonun ustuvorligi ko’rsatkichi bo’yicha yomon natijalarga ega bo’lgan davlatlar oxirgi o’rinlarni egallagan.

Ushbu ro’yxatga Markaziy Osiyo davlatlaridan O’zbekiston va Turkmaniston kiritilmagan.