Do'kon

“Roskosmos” Yerning qachon yonib ketishini ma’lum qildi (+video)

  • Bo'lim: DUNYO

“Roskosmos” kelajakda Quyosh va uning tizimidagi sayyoralarga nima bo’lishi haqida hikoya qiluvchi videoni taqdim etdi. Bu haqda“RIA Novosti”ga asoslanib Daryo xabar berdi.

Rolikda aytilishicha, Quyosh katta miqdordagi vodorodni ishlatib bo’lganidan keyin ming marta kuchliroq yonadi va unga yaqin bo’lgan sayyoralarni, shu jumladan Yerni ham kuydirib yuboradi.

Ta’kidlanishicha, kosmik nuqtai nazardan Quyosh juda kuchli energiya manbaiga aylanishi uchun kamida bir milliard yil bor. Shundan keyin Yerda hech qanday antropogen ta’sirsiz ortga qaytmas issiqxona effekti yuz beradi.