Do'kon

Dunyodagi eng yirik muzlikning erishi tezlashgani qayd etildi

  • Bo'lim: DUNYO

AQSh, Germaniya va Fransiya olimlaridan iborat xalqaro olimlar guruhi muzlik qatlamining eng tez o’zgarishi kuzatilayotgan G’arbiy Antarktidadagi Tueytsa muzligining erishini qayd etdi. Hisob-kitoblarga ko’ra, faqat shu muzlikning o’zi butun dunyo bo’ylab okean suvi darajasining ko’tarilishiga xizmat qilishi mumkin. Bu haqda Science Advances tomonidan ma’lum qilingan deb xabar bermoqda Daryo.

Muzlik Amundsen dengizning Pan-Aylend bo’g’oziga tushmoqda. Uning tezligi muzlikning yer bilan ulashgan va suzuvchi qismi chegarasida yiliga ikki kilometrni tashkil qilmoqda. Bu esa uni eng tezkor muzliklardan biriga aylantirmoqda. Olimlar uni G’arbiy Antarktika muzlik shitining eng nozik qismi sifatida ko’rmoqda. Muzlik qariyb ikki million kvadrat kilometr maydonni va 25,4 million kub kilometr hajmni egallaydi.

Ayni paytda Tueytsa muzligi o’z o’lchamlarini yo’qotmoqda. Bunga eriyotgan muz miqdorining tushayotgan qor miqdoridan oshib ketgani sabab bo’lmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, bu ikki jarayon o’rtasidagi farq 60 foizni tashkil qilmoqda. G’arbiy Antartidaning eng asosiy uch muzligi hisoblangan Tueytsa, Pan-Aylend va Smit muzliklarining erishi hissasi Dunyo okeanida yiliga 0,24 millimetrni tashkil qilmoqda. Bu muzliklarning 200 - 1000 yildan keyin kuzatilishi mumkin bo’lgan to’liq erish ketishi qirg’oq chizig’ining 3,3 metrga ko’tarilishiga olib keladi. Global iqlim isishi oqibatida dengiz haroratining oshishi sababli muzlik va uning erish tezligi yildan-yilga oshib borayotganiga isbotlar paydo bo’lmoqda.

Kuzatuvlarning ko’rsatishicha, muzlik qismining dengiz tubida bo’lgan qismi 2014-2017-yillarda yiliga 200 metr tezlikda erigan. Bu Antarktida qirg’oq muzliklari orasida rekord ko’rsatkich hisoblanadi.