Do'kon

Yechim topildi: 1 trillion daraxt ekilsa, global issiqlik to’xtaydi

  • Bo'lim: DUNYO

Sanoati rivojlangan davlatlarda atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga ta’sir ko’rsatishga urinishlar katta muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi sababli ekologlar bu muammoni boshqa tomondan yechishga qaror qildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

So’nggi paytlarda o’rmonlarning kengaytirilishi nafaqat atmosferada kislorod manbai, balki ortiqcha antropogen CO2 bilan kurashishning eng kuchli vositasi sifatida ham ko’rib chiqilgan. Albatta, buning uchun ko’plab daraxtlar bo’lishi kerak. Yaqinda bo’lib o’tgan konferensiyada shvetsiyalik olimlar 4 trillion daraxtni ekish muammoga yechim bo’lishini aytgan.

Lekin barcha ezgu harakatlar moliyalashtirishga bog’liq, shuning uchun ushbu tashabbus birinchi yetarli mablag’ va bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-texnik bazaga ega rivojlangan davlatlardan javob kerak. Va, albatta, sayyorada allaqachon 3 trillion daraxt mavjud. Demak, yana bir trillion ekilsa, maqsadga erishiladi.