Do'kon

Dunyoning eng ko’p foyda keltiradigan kompaniyasi ma'lum qilindi

  • Bo'lim: DUNYO

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco milliy neft kompaniyasi dunyoning 2018 yilda eng ko’p foyda olgan kompaniyasiga aylandi. Bu haqda Bloomberg Moody's va Fitch agentligi ma'lumotlariga tayanib xabar qildi.

Ekspertlar Saudi Aramco’ning 2018 yildagi sof foydasini 111,1 milliard dollarga baholashgan.

Ushbu ko’rsatgich reytingning ikkinchi va uchinchi pog’onalarini egallagan Apple va Samsung natijalarini ancha ortda qoldirgan.

Moody's va Fitch hisobotiga ko’ra, 2018 yilda mos ravishda Apple 59,5 mlrd dollar va Samsung kompaniyasi esa 35,1 mlrd dollar ishlab topgan.

Saudi Aramco Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi bo’lib, neft qazib olish va neft zaxiralari bo’yicha dunyoning eng yirik kompaniyasi sanaladi. Shtab-kvartirasi Ez-Zahran shahrida joylashgan. Kompaniya direktorlar kengashi raisi Ali al-Naimi.

Manba: Sof.uz