Do'kon

Turkiya o’z tarixidagi eng yaxshi natijani ko’rsatdi

  • Bo'lim: DUNYO

Joriy yilning dastlabki choragida Turkiyaning eksport hajmi 44 milliard 567 million dollarga yetdi. Bu mamlakat tarixidagi eng katta ko’rsatgichdir. Bu haqda Azon.uz xabar berdi.

Turkiya savdo vaziri Ruxsor Bekjon poytaxt Anqarada bergan bayonotida: “Mart oyida eksportimiz 16 milliard 334 millionga yetdi. Bu mart oyi uchun rekord darajadagi natijadir. Joriy yilning dastlabki choragida esa eksport hajmi 44 milliard 567 million dollarga yetdi. Bu mazkur vaqt davomida Turkiya tarixidagi eng yaxshi natijadir, degan.

U so’zi davomida: “Mart oyida importimiz 17,81 foizga kamaydi va 18 milliardga va 299 million dollarga tushdi deb aytgan.