Do'kon

Olimlar maymunga odam miyasini o’rnatishdi

  • Bo'lim: DUNYO

Xitoylik olimlar maymunlarga odamning miya rivojlanishiga javob beradigan MCPH1 genini o’rnatishdi.

MCPH1 geni markaziy asab tizimining hosil bo’lishini ta'minlaydi. Olimlar tajriba orqali uning faoliyatini to’liq o’rganishmoqchi. Gen makakalarning emrionlariga yuborilganilan so’ng 15 ta genetik o’zgarishga ega maymun tug’ildi, ulardan faqat 5 tasi tirik qoldi.

Qolgan beshtasining miyasida tashqi o’zgarishlar kuzatilmagan lekin xotira va obrazlarni anglash testlarida yaxshi natijalar ko’rsatgan.

Natijalar va tadqiqotning o’zi juda ko’p tanqidga uchramoqda. Tanqidchilar odam genini hayvonga joylashtirish ahloq normalariga to’gri kelmasligini ta'kidlamoqdi.

Manba: Aniq.uz