Do'kon

Pew Research: Musulmonlar dunyoning eng tez o’sayotgan diniy guruhi

  • Bo'lim: DUNYO

“Pew Research Markazi”ning tadqiqotlariga ko’ra, kelgusi yarim asr yoki undan sal oshiqroq muddat ichida dunyoning eng katta diniy guruhi hisoblanuvchi nasroniylik o’z o’rnini Islom diniga bo’shatib beradi hamda musulmonlar dunyoning eng katta diniy guruhiga aylanadi.

Ma’lumotlarga ko’ra, 2015-2060 yillar oralig’ida musulmonlar soni dunyo aholisi soni o’sishi sur’atidan ikki marta tezroq o’sib boradi.

Pew Research Markazi yaqin kelajakda dunyo aholisi soni 32 %ga, musulmonlar soni esa 70 %ga oshishi kutilmoqda ekanligini, 2015 yilda islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni 1,8 mlrd kishini tashkil qilgan bo’lsa, 2060 yilga borib bu 3 milliarddan oshishini ma’lum qildi.

Shuningdek, ma’lumotlarda 2015 yilda musulmonlar soni dunyo aholisining 24,1 foizini tashkil qilganligi, 2060 yilga borib bu ko’rsatkich 31,1 foizga yetishi ma’lum qilingan.