Do'kon

Boylar Rossiyani yoppasiga tark etayapti

  • Bo'lim: DUNYO

O’tgan 2018 yil davomida Rossiyani 7 ming nafar millioner tark etgan. Millionerlarni mamlakatni tark etishlari masalasida faqat Xitoygina Rossiyadan oldinda. Ammo, Xitoyda aholining ham, shunga hamohang millionerlarning ham ko’pligini inobatga olsak Rossiyada ahvol yomonroq ekanini ko’ramiz.

Global Wealth, Migration Review konsalting kompaniyasi New World Wealth tadqiqotlariga ko’ra, rossiyalik millionerlarning aksariyati o’ziga doimiy yashash joyi uchun Avstraliya, AQSh va Kanadani tanlamoqda. Bu haqda “Zarnews.uz” yozmoqda.

Millionerlar ko’chib ketishi bo’yicha Rossiya Xitoydan keyin 2-o’rinda bormoqda. O’tgan yil Xitoydan 15 ming nafar millioner dunyoning boshqa davlatlariga ko’chib ketgan bo’lsa, Rossiyadan ko’chib ketgan millionerlar soni 7 mingtani tashkil etdi. 3-o’rinda Hindiston - bu davlatdan 5 ming millioner ko’chib ketgan. 4-o’rinda esa Turkiya- bu davlatdan 4 ming nafar millioner boshqa davlatlarga ko’chib ketgan.

Rossiyalik millionerlarning soni 2017 yil iyul oyidan 2018 yilning boshigacha 40 ming nafarga o’sdi va millionerlarning umumiy soni 172 mingtaga yetdi. Shunga ko’ra, rossiyaliklarning 10 foizidan sal oshiqrog’ini tashkil etadigan shaxslar qo’lida mamlakat umumiy boyligining 82 foizi jamlangan.

Millionerlar sonining ko’pligi bo’yicha AQSh dunyoda 1-o’rinda turadi. Bu mamlakatda 5 285 000 nafar millioner bor. 2-o’rinda Yaponiya, bu mamlakatda 3 162 000 nafar millioner bor. 3-o’rinda Germaniya, bu mamlakatda 1 365 000 nafar millioner bor.