Do'kon

O’zbekiston 2019 yilning birinchi choragida dunyoda eng ko’p oltin sotgan davlat bo’ldi

  • Bo'lim: DUNYO

Oltin bo’yicha jahon kengashi (World Gold Council) 2019 yilning birinchi choragi uchun “Oltinga bo’lgan talab” bo’yichi o’z hisobotini e’lon qildi.

Hisobotda qayd etilishicha, birinchi chorakda mamlakat miqyosida oltin sotish darajasi 11.3 tonnani tashkil etdi. Unda, O’zbekiston yanvar-mart oylarida 6.2 tonna oltin sotib, eng ko’p oltin yetkazib bergan davlat bo’ldi. Undan keyingi o’rinni 3.4 tonna oltin bilan Mo’g’uliston egallagan. Uchinchi o’rinda Tojikiston qayd etilgan bo’lib, u 1.0 tonna oltin yetkazib bergan.