Do'kon

Dunyoning eng qimmat top-5 kompaniyalari

  • Bo'lim: DUNYO

Bozor kapitalizatsiyasi bo’yicha dunyoning eng katta 5 kompaniyasining barchasi Amerikada faoliyat yuritadi. Bozor kapitalizatsiyasi bu kompaniyaning sotib olingan barcha aksiyalarining umumiy qiymati hisoblanadi.

Ushbu kompaniyalarning aksariyati yirik kompaniyalar bo’lib, ularning bozor kapitalizatsiyasi 500 milliard AQSh dollaridan baland.

Top-5 kompaniyalarning aksariyati texnologik kompaniyalar hisoblanib, ular asosan yuqori texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqaradi va xizmatlar ko’rsatadi.

Ularning bozor qiymati bo’yicha ma’lumotlar 2019 yil may oyi boshiga Google Finance and YCharts kabi moliyaviy saytlar ma’lumotlari asosida tayyorlangan. Quyida ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

1. Microsoft

Microsoftning bozor kapitalizatsiyasi 987,74 milliard AQSh dollariga teng. Kompaniya yillar davomida gigantlar qatorida o’z o’rnini barqaror saqlab kelgan. Bugungi kunda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi ushbu kompaniya, o’zini bulutli xizmatlar va mahsulotlarda muvaffaqiyatli sinab ko’rmoqda. Bular qatoriga Azure bulutli xizmatlar va Office 365 kabilarni kiritishimiz mumkin.

2. Apple

2018 yilning 2 avgust kuni Apple bozor qiymati 1 trillion dollardan oshgan birinchi kompaniya bo’ldi, biroq dunyo bozorida iPhone sotuvining qisqarishi sababli o’sha vaqatdan buyon Applening bozor kapitalizatsiyasi tushib kelmoqda. Bugungi kunda (2019 yilning may oyi boshiga), uning qiymayti 974,74 milliard AQSh dollariga teng bo’ldi. Ba’zi vaqtlarda kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qolgan bo’lsada, lekin u tashkil qilingan yil - 1976 yildan buyon muvaffaqiyatli texnologiya gigantiga aylandi.

3. Alphabet Inc

2015 yilning 2 oktyabrida Google va uning sho’ba korxonalari birlashuvi asosida tashkil etilgan Alphabet Inc’ning bugungi bozor qiymati 822,96 milliard AQSh do’llarini tashkil qilmoqda. U bugungi kunda AQShdagi eng yaxshi 10 ta mobil ilovadan 5 tasiga egalik qiladi: YouTube, Google Play, Google Maps, Gmail va Google Search.

4. Amazon

Bozor kapitalizatsiyasi 795,18 milliard AQSh dollariga teng. 2018 yilning avgust oyida Amazon aksiyalarining har bir qiymati birinchi marta 2 000 dollardan oshdi. Uning aksiyalari qiymati bozorga chiqarilgan (1997 yil)dan buyon tez sur’atlarda o’sib kelgan.

5. Berkshire Hathaway

Kapitalizatsiyasi 537,50 milliard dollarni tashkil etadi. Uorren Baffett egalik qiluvchi ushbu kompaniya 2018 yilning ikkinchi choragida rekord darajada (12 milliard dollar) sof daromad olganini e’lon qildi. 2017 yilning aynan shu davriga bu ko’rsatkich 4,26 milliard dollarni tashkil qilgan.