Do'kon

Reyting 2019: Dunyoning eng qudratli armiyalari

  • Bo'lim: DUNYO

Global Firepower sayti tomonidan dunyoning eng qudratli armiyalari reytingi e’lon qilindi. Unga ko’ra, joriy yilgi reytingda AQSh, Rossiya va Xitoy armiyalari kuchli uchlikdan o’rin olgan.

O’zbekiston armiyasi esa reytingda to’qqiz pog’ona pastlab (2018 yilga nisbatan), 48-o’rinni egallagan. Qiyoslash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog’iston 54, Turkmaniston 75, Tojikiston 94, Qirg’iziston 91, Afg’oniston 74-o’rinlarda qay etilgan.

Quyida, dunyoning eng qudratli top-15 armiyalariga egalik qiladigan mamlakatlar bilan tanishing.

1. Amerika Qo’shma Shtatlari

2. Rossiya

3. Xitoy

4. Hindiston

5. Fransiya

6. Yaponiya

7. Janubiy Koreya

8. Birlashgan Qirollik

9. Turkiya

10. Germaniya

11. Italiya

12. Misr

13. Braziliya

14. Eron

15. Pokiston

Ma’lumot uchun, 2019-yilgi reytingdan 137 mamlakat o’rin olgan bo’lib, ularning qurolli kuchlari 55 dan ziyod ko’rsatkichlar bo’yicha baholab chiqilgan.