Do'kon

Dunyodagi eng qimmat brendlar

  • Bo'lim: DUNYO

Amerikaning Forbes jurnali 2019 yilgi dunyoning eng qimmat brendlari reytingini e’lon qildi. Unga ko’ra, Apple to’qqizinchi marotaba dunyoning eng qimmat brendi unvoniga sazovor bo’ldi.

Texnologik gigant Apple’ning qiymati o’tgan yilga nisbatan 12 % qimmatlashib, 205,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo’ldi.

Shuningdek, kuchli uchlikdan Google va Microsoft o’rin egallab ularning brendlari qiymati mos ravishda 167,7 va 125,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.

Quyida, Forbes talqini bo’yicha eng qimmat top-10 brendlar nomi, faoliyat sohasi (sanoati), brend qiymati va boshqa ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Dunyoning eng qimmat 10 brendi

Reytingdagi o’rni Brend nomi Brend qiymati (mlrd. AQSh dollarida) Brend qiymatining o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasi (foizda) Faoliyat sohasi (sanoati)
1 Apple 205,5 17% Texnologiya
2 Google 167,7 27% Texnologiya
3 Microsoft 125,3 20% Texnologiya
4 Amazon 97,0 37% Texnologiya
5 Facebook 88,9 -6% Texnologiya
6 Coca-Cola 59,2 3% Ichimliklar
7 Samsung 53,1 11% Texnologiya
8 Disney 52,2 10% Ko’ngilochar mahsulotlar sanoati
9 Toyota 44,6 0% Avtomobil
10 McDonald’s 43,8 6% Restoranlar