Do'kon

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingi: O’zbekiston 88-o’rinda

  • Bo'lim: DUNYO

Henley Passport Index dunyoning eng kuchli pasportlari ro’yxatini e’lon qildi. Ro’yxat pasport egalarining nechta davlatga vizasiz kira olishlari mumkinligi asosida ishlab chiqilgan.

Joriy yilgi ro’yxatda Yaponiya va Singapur pasportlari dunyoning eng kuchli pasportlari sifatida ta’kidlangan. Ushbu mamlakat fuqarolari jahonning 189 mamlakatiga vizasiz bora oladi.

Dastlabki uchlikda Yaponiya va Singapurdan tashqari Finlandiya, Germaniya va Janubiy Koreya (187 davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin), Daniya, Italiya va Lyuksemburg (186) kabi mamlakatlar o’rin olgan.

Ro’yxatning so’nggi pog’onasi - 109-o’rinda Afg’oniston qayd etilgan bo’lib, ushbu mamlakat fuqarolari atigi 25 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.

Henley Passport Index ro’yxatida O’zbekiston G’arbiy Afrikadagi Kot-d'Ivuar davlati bilan bitta - 88-o’ringa qo’yilgan. Har ikki mamlakat fuqarolari 56 davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.