Do'kon

Markaziy Osiyoda TOP-1000 ga kiradigan nechta Oliy ta’lim muassasasi bor?

  • Bo'lim: DUNYO

O’zbekistonda rasman 3 ta xalqaro reyting natijalari inobatga olinadi.

Bular:

THE - timeshighereducation.com

ARWU - shanghairanking.com

QS - topuniversities.com

Mana shu 3 ta xalqaro reyting bo’yicha TOP-1000 talikka kiradigan universitetlarning diplomlari O’zbekistonda hech bir imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadi. Ya’ni bemalol bizda o’tadi.

Qo’shnilarimizga kelsak, faqat Qozog’istondagi OTMlar TOP-1000 talikka kira olgan.

Qozog’istondagi QS xalqaro reytingida TOP-1000 ga kiradigan 10 ta OTM ro’yxati:

1. Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (207-o’rin)

2. Yevroosiyo milliy universiteti - ENU (418)

3. Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti – SKSU (491)

4. Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (561-570)

5. Satbaev universiteti (561-570)

6. Qozoq milliy agrar universiteti – KazNAU (651-700)

7. Qozoq-Britan texnika universiteti (751-800)

8. Qarag’anda davlat universiteti (801-1000)

9. Qarag’anda davlat texnika universiteti (801-1000)

10. Xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti (801-1000)

Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’onistonda TOP-1000 talikka kiruvchi OTMlar yo’q, xuddi bizdagidek.

Xushnudbek Xudoyberdievning telegram kanalidan olindi.

Manba: Azon.uz