Do'kon

Eng qudratli davlatlar: qaysi davlat nechanchi o'ringa loyiq?

  • Bo'lim: DUNYO

Dunyoning eng qudratli davlatlarini aniqlash birmuncha mushkul hisoblanadi. Biroq U.S. News and World Report media kompaniyasi Pensilvaniya Universitetining Uarton maktabi hamda BAV Group tahliliy markazi bilan birgalikda o’zining eng yaxshi mamlakatlar reytingiga asosan dunyoning eng qudratli davlatlarini aniqlashdi.

Ushbu hisobot dunyoning to’rt mintaqasidan bo’lgan 20 000 dan oshiq odam bilan o’tkazilgan so’rovnomaga asoslanadi. So’rovda ishtirok etganlardan 5 jihat bo’yicha 80 ta mamlakatni o’zaro bo’glashlari so’ralgan. Bular harbiy ittifoqlar, xalqaro ittifoqlar, mamlakatning siyosiy ta'sir doirasi, iqtisodiy ta'sir va yetakchilik kabi jihatlarni o’z ichiga oladi.

2019 yilgi izlanishga ko’ra, AQSh dunyoning eng qudratli mamlakati sifatida qayd etildi. Undan keyingi o’rinlarni Rossiya va Xitoy egallagan.

Hisobotga ko'ra dunyoning eng qudratli 25 ta davlatlari quyidagilar:

1. Amerika Qo'shma Shtatlari

2. Rossiya

3. Xitoy

4. Germaniya

5. Buyuk Britaniya

6. Fransiya

7. Yaponiya

8. Isroil

9. Saudiya Arabistoni

10. Janubiy Koreya

11. Birlashgan Arab Amirliklari

12. Kanada

13. Eron

14. Shvetsariya 

15. Avstraliya

16. Turkiya

17. Hindiston

18. Italiya

19. Iroq

20. Singapur

21. Shvetsiya

22. Pokiston

23. Ispaniya

24. Qatar

25. Belgiya