Do'kon

O’zbekiston suvning tanqisligi yuqori bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiritildi

  • Bo'lim: DUNYO

Dunyo resurslari instituti (World resources institute) suv tanqisligi yuqori bo’lgan hududlar to’g’risidagi hisobotini e’lon qildi.

Hisobotda 164 ta mamlakatning holati o’rganilib, ular 5 toifaga bo’lingan.

Suvning o’ta yuqori tanqisligi mavjud bo’lgan hududlar tarkibiga 17 mamlakat kiritilgan. Bular qatoridan Qatar, Isroil, Livan, Eron, Iordaniya, Liviya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, BAA, San Marino, Bahrayn, Hindiston, Pokiston va Turkmaniston kabi mamlakatlar joy olgan.

O’zbekiston ro’yxatda 25 o’rinda qayd etilib, suvning yuqori tanqisligi mavjud bo’lgan hududlar tarkibiga kiritilgan.

Shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida Afg’oniston (27) va Qirg’iziston (38) suvning yuqori tanqisligi hamda Tojikiston (51) va Qozog’iston (60) suvning o’rtacha-yuqori tanqisligi mavjud bo’lgan davlatlar qatoriga kiritilgan.