Do'kon

Qay hollarda Coca-cola ichimligi foydali?

  • Bo'lim: JAMIYAT

Coca-cola. Bu ichimlik ko’pchilikning jonu dili. Ha, bu ichimlikning zarari haqida deyarli barchamiz ma'lumotga egamiz. Ammo baribir uni ichishda davom etamiz. Ayniqsa, jazirama issiqda. Mutaxassislar har kuni litrlab Coca-cola ichmaslik kerakligini ta'kidlashmoqda. Uni tushlikdan so’ng ikki qultum ichishgina kifoya qiladi.

Xo’sh, Coca-cola ichimligi qanday hollarda foydali?

Kola ichimligi ovqatning hazm bo’lishini osonlashtiradi. Shu bois, uni ko’p hollarda go’sht iste'mol qilgandan so’ng tanovul qilishadi. Ba'zan esa go’shtni marinad qilishda ham foydalanishadi.

U me'da shirasi bilan bir xil effekt beradi. PH (power Hidrogen - vodorod kuchi) darajasi kola ichimligida juda past, oshqozonning xlorid kislotasi ham deyarli shunday kislotalik xususiyatiga ega. Bu o’xshashlik ovqat parchalanishini tezlashtiradi va hazm qilish jarayonini yengilllashtiradi.