Do'kon

Britaniyalik olimlar saratonning yettita asosiy alomatlarini ma'lum qilishdi

Londonning Makmillan onkologik markazi olimlari yettita asosiy belgilarni keltirib o’tishdi. Ushbu belgilar eng xavfli kasallik - saraton rivojlanayotgani haqida darak berishi mumkin, deb yozadi Daily Express nashriga asoslanib Sof.uz.

Ichak yoki qovuq ishlarining to’satdan o’zgarishi, tushunib bo’lmaydigan qon ketish, ko’krak yoki boshqa joyda yo’g’onlik (tuguncha) paydo bo’lishi, yutinishdagi qiyinchilik, xol rangi yoki o’lchamining o’zgarishi, qattiq xirillab yo’talish va uzoq bitmaydigan yara asosiy xavotirli belgilar bo’lishi mumkin.

Olimlar sanab o’tilgan alomatlar onkologiyaga bog’liq ham bo’lmasligi mumkinligi ta'kidlab o’tishdi. Ammo shu kabi alomatlar paydo bo’lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlarini maslahat berdilar.

Shuningdek, mutaxassislar turmush tarzini o’zgartirib, saratonning oldini olish mumkinligi qo’shimcha qilishdi. Xususan, tamaki chekmaslik, sog’lom turmush tarziga rioya qilish, alkogol iste'molini kamaytirish hamda quyoshdan himoya qiluvchi kosmetikadan foydalanishni keltirib o’tishdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq 2030 yilga kelib saraton xastaligi tufayli vafot etganlar soni taxminan 13,5 million kishini tashkil qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.