Do'kon

O’zbekiston baxtli mamlakatlar reytingidagi o’rnini yaxshiladi

BMTning barqaror rivojlanish yechimlari bo’yicha bo’limi 2019 yilgi World Happiness Report yillik hisobotini eʼlon qildi. Unda O’zbekiston bir yil oldingi mavqeini yaxshiladi. Bu haqda Xalq so’zi online xabar berdi.

156 mamlakat joy olgan yangilangan reytingda O’zbekiston 44-o’rindan 41-o’ringa ko’tarilgan. O’zbekiston reytingda 6,174 ballga ega bo’lgan.

Reytingni tuzishda mutaxassislar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot darajasini, davlat tomonidan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash darajasini, sog’lom turmushning davomiyligini, hayotiy muhim qarorlar qabul qilish erkinligini, saxovat va korrupsiyaga munosabat darajasini ko’rib chiqdi

Joriy yilgi reytingda O’zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchi o’rinni egallab turibdi. Qozog’iston reytingida 60, Tojikiston 74, Belarus 81, Qirg’iziston 86, Turkmaniston 87, Ozarbayjon 90-o’rinni egallagan.

Reytingda Finlyandiya 7,769 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o’rinlarda Daniya, Norvegiya va Islandiya mamlakatlari joy olgan. Top-10 ta “baxtli” mamlakatlar ro’yxatidan Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstraliya mamlakatlari joy olgan.

Reytingning eng so’nggi o’rinlarini Ruanda, Tanzaniya, Afg’oniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudan mamlakatlari band etgan.