Do'kon

KAZGUU universiteti grantlar tanlovini e’lon qilmoqda

Qozog’istonning M.S.Narikbaev nomdagi KAZGUU universiteti o’zining grantlar tanlovini e’lon qildi.

Universitet tomonidan tashkil etiladigan xar yilgi “M.Narikbayev Scholarship” tanlovi xorijiy talabalarga Qozog’istonning eng nufuzli universitetida bepul ta'lim olish imkoniyatini yaratadi.

“M. Narikbayev Scholarship” tanlovi talablari

KAZGUU universiteti joriy 2019 yil O’zbekiston talabalari uchun 9 ta quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar e'lon qiladi:

- “Huquqshunoslik”;

- “Xalqaro huquq”;

- “Iqtisodiyot”;

- “Menejment”;

- “Turizm”;

- “Moliya”;

- “Buxgalteriya hisobi va audit”;

- “Marketing”;

- “Tadbirkorlik”;

- “Biznesda axborot texnologiyalari”;

- “Biznes psixologiyasi”.

“M. Narikbaev Scholarship” ta'lim granti tanlovning barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli o’tgan abiturientlarga qabul komissiyasining yo’nalish bo’yicha tavsiyanomasi orqali taqdim etiladi.

Oliy Iqtisodiyot ixtisosligi uchun quyidagilar talab etiladi:

- “Nima uchun men KAZGUU universitetini tanladim va nima uchun u sizni tanlashi kerak?” mavzuda insho yozish (rus yoki ingliz tillarida);

- CV (shaxsiy ma'lumotlar, ta'lim, ilmiy yutuqlar, tillar, ko’nikmalar);

- Komissiya a'zolari bilan ingliz tilida suhbat.

Oliy Qonunchilik ixtisosligi uchun quyidagilar talab etiladi:

- Ingliz tilida “Qonunchilik va adolat konsepsiyalari orasidagi bog’liqlik” mavzusida IRAC (issue-rule-applicability-conclusion) uslubi bo’yicha 200 ta so’zdan kam bo’lmagan insho yozish;

- CV (shaxsiy ma'lumotlar, ta'lim, ilmiy yutuqlar, tillar, ko’nikmalar);

- Komissiya a'zolari bilan ingliz tilida suhbat.

Ma'lumotlarni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga 20 iyul 2019 yil sanasiga qadar yuborilishi kerak.

Ta'lim granti berish to’g’risidagi qarori komissiya tomonidan 2019 yil 10 avgust sanasidan kechiktirilmay amalga oshiriladi.

M.S. Narikbaev nomidagi KAZGUU universitetida xorij talabalari to’lov kontrakti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega. Batafsil ma’lumotlarni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga murojaat yo’llash yoki universitetning rasmiy veb sahifasiga tashrif buyurish orqali olishingiz mumkin.