Do'kon

Jahon banki O’zbekistonning YaIM bo’yicha o’sish ko’rsatkichini 7,6 foizgacha yaxshiladi

Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish ko’rsatkichlarini avval kutilayotgan 7,4 foizdan 7,6 foizga qadar yaxshiladi. So’nggi ikki yilda o’sish sur'ati mos ravishda 7,7 va 7,8 foizni tashkil etadi, deyiladibank saytida e'lon qilingan ma'lumotlarda. Bu ham avval prognoz qilingan ko’rsatkichlardan mos ravishda 0,3 va 0,4 foiz ko’p demakdir.

Bank ekspertlari fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarning mustahkamlanishi, jumladan O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi chegaralarning demarkatsiya qilinishi to’g’risidagi dastlabki kelishuv, shuningdek O’zbekiston va Tojikiston o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviaaloqalarning qayta tiklangani mazkur mamlakatlar iqtisodiyotining o’sishini sekinlashtiruvchi xavflarning kamayishiga misol bo’ladi.

Manba: Sof.uz