Do'kon

Hisob raqamidagi valyutani naqd olish haqidagi qonun kuchga kirdi

O’zbekiston aholisi 1 apreldan boshlab bank kartalarining valyuta hisob raqamlarida bo’lgan valyuta mablag’larini naqd ko’rinishda olishga ruxsat berildi. Bir kunda yechib olish mumkin bo’lgan valyuta miqdori tijorat banklari tomonidan belgilanadi. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.

Valyutani naqd ko’rinishda olish haqidagi qaror O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan mart oyida imzolangan edi.

Shuningdek, 1 iyulga qadar O’zbekiston hududida barcha to’lov terminallari nafaqat multivalyuta tartibida ishlay boshlaydi. Ya'ni ular nafaqat Uzkard tizimidagi balkim xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan bank kartalarini ham qabul qila boshlaydi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston hududida xorijiy valyutada hisob-kitob qilish ta'qiqlangan. O’tgan yilning 5 sentyabridan boshlab valyutani erkin ayrboshlash boshlangan edi, lekin sotib olingan xorijiy valyuta fuqarolarga naqd ko’rinishda emas bank kartalari hisob-raqamlariga o’tkazib berilayotgan edi. Ushbu valyutadan fuqarolar xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.