Do'kon

O’zbekistonda rasman ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi

2018 yilning 15 iyulidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalari miqdori o’rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida belgilab qo’yilgan.

2018 yilning 15 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi oyiga 184 300 so’m;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 360 460 so’m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 360 460 so’m;

zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so’m miqdorida belgilanadi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo’shilgan ustama va qo’shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to’lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.