Do'kon

Qora bozorda dollar kursining pasayishi kuzatilmoqda

Keyingi kunlarda AQSh dollarining parallel qora bozordagi qiymati yana pasayib 8300/8350 koridorda saqlanib turibdi, deb yozmoqda Davletovuz.

Tijorat banklarining olish va sotish kurslari ham taxminan shu chegaralarda qolmoqda. Valyuta birjasidagi savdolar hajmi maqbullashib, savdolarda qayd etilayotgan kurslar ham quyiga tomon pasayib bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, moliyaviy yil yakuniga qadar qolgan davrda kurs trendlarida keskin tebranishlar yuz bermasligi mumkin.

Ma'lumot uchun, dollarning rasmiy kursi sentyabr oyining boshidan buyon o’sishda davom etmoqda, 4 dekabrdan dollar qiymati o’tgan haftadagi kursga nisbatan 15,65 so’mga qimmatlashib, 8314,85 so’mga yetgandi.