Do'kon

O’zbekiston sayohat qilish uchun eng xavfsiz bo’lgan davlatlar beshligiga kiritildi

Sayohatchilar uchun mo’jallangan Wegoplace internet xizmati mutaxassislari Solo Travel Safety Report 2019 hisoboti natijalari bo’yicha eng xavfsiz bo’lgan davlatlar ro’yxatini e'lon qildi. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.

Reyting ma'lumotlariga ko’ra, sayohat uchun eng xavfsiz davlat sifatida Singapur ko’rsatilgan. Undan keyingi qatorlardan Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joy olgan. Beshinchi pog’onada O’zbekiston ko’rsatilgan.

Shuningdek, mutaxassislar Gonkong, Shveytsariya, Kanada, Indoneziya va Daniyada ham sayohat qilish xavfsiz ekanligini ta'kidlashgan.

Shu bilan birga, ekspertlar eng xavfli davlatlar ro’yxatini ham tuzgan. Ularning ichida dastlabki qatorlarni Venesuela, Afg’oniston va Janubiy Sudan egallagan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Germaniya TIV O’zbekistonga kelayotgan sayyohlarni chegaraga yaqin hududlardagi xavflardan hamda ko’cha jinoyatchiligidan ehtiyot bo’lishga chaqirgani haqida xabar qilingandi.