Do'kon

Markaziy bank yangi 100 minglik banknota dollar o’rnini bosishini bildirdi

Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroevning ta'kidlashicha, 100 000 nominaldagi kupyura asosan jamg’arish uchun foydalaniladi. Bu haqda “Pravda vostoka” nashriga asoslanib Sof.uz xabar berdi.

Banknota nominali qancha yirik bo’lsa, inflyatsiya ham kuchayib boradi degan fikr mavjud. Ekspertlar fikricha, bu jarayonlar o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q. Ta'kidlanishicha, 100 minglik banknota xorijiy valyutaga alternativ vazifasini o’taydi va o’zaro hisob-kitoblarda dollarning muomalasini kamaytirishga imkon yaratadi.

Markaziy bank vakili bir qism aholi hamon pulini dollarga aylantirib, yostiq ostida saqlayotganiga to’xtalib o’tgan.

“10 ming dollar misolida olganda 2018 yilda bir fuqaro kursning 8150 so’mdan 8300 so’mga yetishi natijasida mablag’ini 1,5 mln so’mga ko’paytirib olgan. Agar o’sha pullar bankda saqlanganda foyda bir necha millon so’m bo’lishi mumkin edi”, deb ta'kidlanadi xabarda.

50 minglik kupyura chiqqanda, aytaylik, bir stakan semechka narxi o’zgarmadi. Bunday misollar ko’p. Inflyatsiyaga hatto QQCh to’lovchilarning ko’payishi ham ta'sir qilmaydi”, deb tushuntirgan Behzod Hamroev.

U shuningdek, 50, 100, 200 va 500 nominaldagi tanga pullarning muomalaga kiritilishi ham u qadar samarali bo’lmaganini qo’shimcha qilgan. buning sababi o’laroq ikki omilni keltirgan. Birinchidan, odamlar metall pul ishlatishga odatlanmagan, ikkinchidan, bu nominaldagi qog’oz pullar hamon muomaladan yig’ishtirib olinmagan.