Do'kon

2019 yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanchani tashkil etdi?

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yil yanvar-fevral oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 6,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 25,4 % ga o’sgan.

Uning tarkibida eksport hajmi 3,0 mlrd. AQSH dollarini, import hajmi 3,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Tashqi savdo saldosi salbiy (minus) bo’lib, 0,4 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan.

Eksport tarkibida tovarlar 86,6 % ulushga ega bo’lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0 %), to’qimachilik va to’qimachilik buyumlari (7,5 %), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2 %), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6 %) guruhlari hissasiga tog’ri kelmoqda.

Eksportning asosiy qismini oltin eksporti egallagan bo’lib, u 1,2 mlrd. AQSH dollariga teng bo’lgan. Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 1.8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 45,3 % ga o’sgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,4 mlrd. AQSH dollariga (o’sish sur’ati 30,3 %) teng bo’ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9 %) hamda qora va rangli metallar (7,9 %) guruhlari hisobiga to’g’ri keldi.