Do'kon

O’zbekiston 2019 yilda xorijga 80 tonna oltin sotmoqchi

O’zbekiston 2019 yilda xorijga 80 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank hisobotiga asoslanib, Xalq so’zi maʼlum qildi.

Bu maʼlumotlarni tonnada sotishga oid maʼlumotlarning ilk bor taqdim etilishidir. Shuningdek, o’tgan yillardagi axborot ham berilgan.

Masalan, Davlat statistika qo’mitasi mamlakatimiz 2018 yilda eksport qilgan oltin(2,9 mlrd. dollar) qiymati haqida xabar bergandi.

MB hisobotidan shu narsa ayon bo’ldikki, O’zbekiston chet elga oxirgi uch yilda 70-80 tonnadan tilla sotgan. Xususan, ushbu ko’rsatkichlar 2016 yilda 70 tonna, 2017 yilda 80 tonna, 2018 yilda yana 70 tonna bo’lgan edi.

Hisobotda joriy yilda 1 troy unsiya oltinning dunyodagi narxi o’rtacha 1320 AQSH dollarigacha qimmatlashishi prognoz qilingan. 2018 yilda bu narx o’rtacha 1268 dollar, 2017 yilda 1258 dollar, 2016 yilda 1248 dollar bo’lgandi.