Do'kon

O’zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risidagi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2019-yilning 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o’rta hisobda 1,1 (10%) baravar oshirildi.

2019-yilning 1-avgustdan boshlab O’zbekiston hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000 so’m;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 so’m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so’m;

- zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so’m miqdorida belgilandi.