Do'kon

Yaponiyaliklar eski smartfonlardan olimpiyada medallarini yaratishadi

  • Bo'lim: SPORT

Tokiodagi yozgi Olimpiya o’yinlarining g’oliblariga taqdim etiladigan medallar elektron chiqindilardan qilinadi. Sovrinlarni yaratish uchun qimmatbaho metallarni o’zida jamlagan 47,5 tonna eski elektronika kerak bo’ladi: smartfonlar, raqamli kameralar, portativ kompyuterlar va noutbuklar.

Foydalanilmaydigan gadjetlar 2017 yil aprelidan boshlab butun mamlakat bo’ylab to’plandi. Buning uchun 4 mingga yaqin qabul punktlari tashkil etildi. Ikki yildan kamroq muddat ichida yaponiyaliklar 5 millionga yaqin jihozni topshirdilar. To’plam rasmiy ravishda 31 martda nihoyasiga yetadi.

2018-yil oktabr holatiga bronza uchun rejasi – taxminan 2700 kg – 100% ni tashkil etadi. Kumush 3500 kg chiqarildi (4,100 kg), oltin – 28,4 kg (kerakli 30,3 kilogrammdan) chiqarildi. Kutilganidek, medallarning yakuniy dizayni shu yozda taqdim etiladi.

Dasturning maqsadi jamoatchilik e’tiborini 2020 yilgi Olimpiada o’yinlariga jalb etish hamda atrof-muhit masalalari to’g’risida xabardorlikni oshirishdan iborat. Musobaqalar 2020-yil 24 iyuldan 9-avgustgacha Tokioda bo’lib o’tadi.

Manba: Fazo.tv