Do'kon

Jahonning eng qimmat 5 himoyachisidan 3 nafari fransuz, 3 nafari - “Man Siti” a'zosi

  • Bo'lim: SPORT

27 mart kuni “Atletiko himoyachisi Lyuka Ernandes mavsum yakunida “Bavariya a'zosiga aylanishi rasman e'lon qilindi. Transfer narxi 80 mln yevroni tashkil etgani aytilmoqda.

Squawka ma'lumotiga ko’ra, endilikda Ernandes jahonning eng qimmatbaho himoyachilari ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadi. Birinchi pog’ona Virgil van Deykka tegishli - “Liverpul 2018 yil boshida uning uchun 75 mln funt (84,5 mln yevro) to’lagan edi.

Shuningdek, Lyuka jahonning eng qimmat futbolchilari orasida “Chelsi darvozaboni Kepa Arrisabalaga bilan birga 13-pog’onadan joy olgan.

Jahonning eng qimmat 5 himoyachisi:

1. Virgil van Deyk (“Liverpul”) - 75 mln funt

2. Lyuka Ernandes (“Atletiko”/ “Bavariya”) - 68

3. Emerik Laport (“Manchester Siti) - 57

4. Benjamen Mendi (“Manchester Siti) - 52

5. Kayl Uoker (“Manchester Siti) - 45

Manba: 7news.uz