Do'kon

Louis Vuitton 3000 dollarlik Android soatni taqdim etdi

“Aqlli” Tambour Horizon soatlari boshqa shu kabi Android wear soatlari bilan bir hil, biroq ularning narxi 10-20 marta qimmatroq.

Tambour Horizon - Louis Vuitton brendi ostidagi soatlari Android Wear 2.0 tizimida ishlaydi. Qurilma Google Playning aqlli soatlar uchun mo’ljallangan barcha ilovalarini qo’llab-quvvatlaydi. Biroq qurilmada parvozlarni kuzatish uchun maxsus My Flight (Mening parvozim) ilovasi mavjud. Shuningdek unda raqamlarni terish imkoniyati boshqalarinikidan farq qiladi deb xabar beradi Engadget.

Soat Android 2.0 aqlli soatlari uchun mo’ljallangan eng so’ngi mobil tizimda ishlaydi. Tambour Horizon soati Huawei Watch 2 va LG Watch Style kabi soatlarga o’xshash biroq uning narxi sezilarli darajada farq qiladi. Shuningdek, Louis Vuitton soatlarini ishlab chiqishda qimmat materiallardan foydalanilmagan.

Tambour Horizon qora rangli modeldagi soati narxi 2900 dollarni tashkil etadi. Shuningdek uning 2450 dollarlik Graphite va Monogram kabi arzonroq modellari mavjud.

Soatning texnik xususiyatlari:

Displey: 1.2 dyum, ravshanligi 390x390 piksel, AMOLED;
Chip: Snapdragon Wear 2100;
Xotira: Tezkor xotira 512 MB, ichki xotira 4 GB;
Batareya: 300 mA.

Manba: Hi-Tech.Mail.Ru