Do'kon

Tahlilchi: barmoq izi sensorlik yangi “iPhone”lar boshqa bo’lmaydi

Iphone X’dan so’ng, 2018 yilda kutilayotgan barcha barcha yangi iPhone’lardan barmoq izi skayneri “Touch ID” olib tashlanadi, uning o’rniga yuzni aniqlash “Face ID” tizimi o’rnatiladi. KGI Securities tahlilchisi Min-Chu Kuoning fikriga ko’ra, 3D skayner Apple kompaniyasining asosiy tijorat unsuri hisoblanadi va bu orqali kompaniya xaridorlarni jalb qiladi.

Apple kompaniyasi TrueDepth kamerasini ishlab chiqarish bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelayotganiga qaramasdan, yangi texnologiya "3D sensorli smartfonlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarishda aniq afzalliklar”ga ega bo’lishga yordam beradi deb yozadi KGI xabariga tayangan holda 9to5Mac. Mutaxassisning fikriga ko’ra iPhone 8/8 Plus barmoq izi skayneriga ega bo’lgan so’ngi “iPhone” bo’ladi.

Shuningdek shu hafta boshida Kuo iPod Pro planshetlari iPhone X’dan keyingi yuz identifikatsiyalash tizimi bilan jixozlangan birinchi qurilma bo’lishini taxmin qilgandi. Analitikning fikriga ko’ra, yangi iPhone’dagi innovatsiya ularga ko’proq daromad olish va sotish hajmini oshirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari 3D skaynerlarga Android smartfonlar ishlab chiqaruvchilar ham katta qiziqish bildirishmoqda. Biroq ekspertning fikricha, Apple kompaniyasining raqobatchilari IPhone X’da foydalaniladigan yuzni skanerlash tizimini to’liq qayta ishlab chiqarishga faqatgina 2,5 yildan so’ng erishishlari mumkin.

Manba. 9to5Mac, Hitech.vesti.ru