Do'kon

Nokia cheklangan miqdorda Nokia Steel aqlli soatlarini taqdim etdi

Nokia Technologies kompaniyasi zamonaviy Rose Gold va Full Black turkumidagi Nokia Steel aqlli soatlarini taqdim etdi. Qo’l soatlarining odatiy versiyasi oq va qora ranglarda mavjud.

Xususiyatlari

Nokia Steel soatlarining tashqi ko’rinishi aqlli soatlarnikiga o’xshamaydi. Qurilma smartfonlarga ulanadi hamda sizni kiruvchi qo’ng’iroqlar va xabarlar haqida ogohlantiradi, shuningdek u muhim masalalarni, xaridlarni va uchrashuvlarni eslatib turadi. Qurilmada fitnes-treker’ning asosiy funksiyalari mavjud bo’lganligi sababli Nokia Steel aqlli soatlari qadamlar sonini, bosib o’tilgan masofani, sarflangan kaloriyani, uxlash vaqti va sifatini hisoblaydi hamda pulsni o’lchaydi.

Chiqarilish sanasi va narxi

Nokia Steel aqlli soatlarini hozirda sotib olish mumkin. Soatning Full Black rangdagi versiyasi narxi 129,95 dollarni tashkil qiladi. Qurilmaning yorqinroq turdagi Rose Gold rangli versiyasi 149,95 dollar turadi.

Manba: Gagadget.com