Do'kon

2018 yilda SpaceX raketalar sonini bir yarim barobarga oshiradi

Amerikaning SpaceX kompaniyasi keyingi yilda uchiriladigan raketalar sonini 50 foizga oshirishni rejalashtiryapti. Bu haqda kompaniya prezidenti Gvin Shotvell ma'lum qildi.

SpaceNews portalining maxsus ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilda kompaniya 16 ta raketani ishga tushirgan, yilning oxirigacha yana uchta yoki to’rtta raketani ishga tushirish rejalashtirilgan. “Kelgusi yilda biz tempni 50 foizga oshiramiz. Keyingi yilda oldingi yilga nisbatan ko’proq uchishlar amalga oshiriladi, o’ylashimcha biz yiliga 30-40 dona raketani ishga tushiramiz” - deydi Shotvell so’zlarini keltirgan SpaceNews.

Shuningdek u Falcon 9, Block 5’larning eng yangi versiyasi 2018 yilning boshida o’zining birinchi parvozini amalga oshirishiga umid qilishini qo’shimcha qildi. “Biz bu yil birinchi Block 5 raketasini (Texasdagi kompaniyaning sinov maydonchasiga) yetkazamiz. Uni Texasda sinovdan o’tkazamiz, shundan so’ng 2018 yilning birinchi choragida raketa uchiriladi” - deydi Shotvell. Uning so’zlariga ko’ra, yangi raketaning reaktiv kuchlanishi oldingi zamonaviylashtirilgan Block 4 versiyasiga nisbatan 8 foizga ko’proq rivojlantiriladi.

Manba: TACC