Do'kon

Tabiat qo’ynida gadjetlarni qayta quvvatlantirish uchun portativ gidroelektrostantsiya (+video)

Shahar tashqarisida gadjetlarni quvvatlantirish oson ish emas. Bunday muammoni yechishda protative ko’chma gidroelektrostantsiya deb nomlanadigan qurilma yordam beradi. Enomad Uno qurilmasi yaxshi muqobil quyosh panellari bo’lishi mumkin. Qurilma panellari ishlashi uchun quyosh kerak, shuningdek u oqib turgan suvda ham ishlaydi (daryo, oqim yoki buloq suvlarining oqimi).

Dastlab qurilma ishlashi uchun u suv oqimiga moslab qo’yiladi, suvga qo’yilganidan so’ng turbinalar ishlashni boshlaydi va qurilma elektr quvvatini ishlab chiqaradi. Shundan so’ng harqandey gadjetni unga ulashingiz va uni qayta quvvatlantirishingiz mumkin.

IP86 sertifikatiga ega bo’lgan mazkur gidroelektrostantsiya qurilmalari yerning tuzilishi, ob-havo kun vaqtiga (quyosh panellari ishlashi uchun hal qiluvchi ro’l o’ynaydigan) bog’liq emas. Faqat uni ishlashi uchun kerak bo’ladigan narsa bu suv oqimining mavjudligi va Enimad Uno cheklanmagan muddat davomida o’z vazifasini bajarishi mumkin. U qizib ketmaydi, yonmaydi yoki tabiatga, suvga hechqanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Batareya quvvati 5 600 mAh. Kundalik yorug'lik vazifasini o'tashi mumkin bo'lgan ichki yorug'lik manbasi mavjud. Gadjet 230 dollar turadi.

Manba: 24gadget.ru