Do'kon

Nokia 3310 4G telefonlarining sotuvi fevral oxiridan boshlanadi

Kutilganidek, HMD Global kompaniyasi Nokia 3310 mobil telefonining uchinchi versiyasini taqdim etdi. Ushbu telefon ikki yil avvalgi versiyasidan 4G LTE’ni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi.Shuningdek qurilmada Wi-Fi interfeysining mavjudligi qurilmadan mobil aloqa nuqtasi sifatida foydalanish imkonini beradi.

Qurilma 256 MB’lik operativ xotira va 512 megabaytlik flesh-xotira bilan jihozlangan bo’lib Androidga asoslanga YunOS operatsion tizimida ishlaydi.

Oldingi modellari kabi ushbu qurilma ham 240x230 piksellik 2,4 dyuymli ekran, 2 megapiksellik kamera va mikroSD flesh-xotiralar uchun mo’ljallangan slot bilan jihozlangan.

Xitoy bozoriga yo'naltirilgan ushbu qurilma TD-LTE tarmoqlari uchun loyihalashtirilgan. Unda bitta SIM-karta uchun joy ajratilgan hamda VoLTE’ni qo’llab-quvvatlaydi.

Batareyaning quvvati 1200 mA soat bo’lib, u kutish holatida 12 kunga, 2G tarmog’idan foydalanish orqali suhbatlashilganda 15 soatdan ko’proq muddatga, VoLTE’dan foydalanish orqali suhbatlashilganda 5 soatga yetadi.

Xitoyda Nokia 3310 4G telefonlarining sotuvi fevral oxirida boshlanadi. Biroq qurilmaning narxi hanuzgacha nomalum. Xaridorlarga ikki hil rangdagi qurilmalar taklif etiladi: ko’k va qora.

Manba: ixbt.com