Do'kon

O’zbekistonda qanday avtomashinalardan import boji undirilmaydi?

O’zbekistonda 2019 yildan boshlab xorij yengil avtomobillaridan bojxona to’lovlarini undirish tartibi joriy etiladi, deb xabar qildi Asr.uz.

DBQ boshqarma boshlig’i o’rinbosari Farrux Fayzullaevning so’zlariga ko’ra, o’zgarishlar ishlab chiqarish yili ikki yildan ortiq bo’lmagan, narxi 40 ming dollar va undan yuqori bo’lgan avtomashinalarga taalluqli bo’ladi.

Bunday avtomashinalardan import boji undirilmaydi. Faqat 20 % aksiz solig’i va 20 % qo’shilgan qiymat solig’i undiriladi. Olib kirilgan avtomashina qiymatidan yagona bojxona to’lovlarning stavkasi 44 % bo’ladi.

Boshqa avtomashinalarga bojxona to’lovlarining stavkalari o’zgarmadi.

“Respublikada o’rta sinf avtomobillari ishlab chiqariladi, GM Uzbekistan bor. Davlat o’z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi. Shuning uchun bizda ishlab chiqarilmaydigan premium-klass avtomobillariga nisbatan import boji bekor qilindi”, - deb qo’shimcha qildi u.