Do'kon

Dunyodagi birinchi egiluvchan ekranli noutbuk taqdim etildi (+video)

Xitoyning Lenova kompaniyasi o’zining birinchi egiluvchan kompyuteri prototipini taqdim etdi. U 2020 yilda sotuvga chiqarilishi mo’ljallangan.

Ushbu egiluvchan kompyuterning ekrani dioganali to’liq ochilganda 13,3 dyuymni tashkil qilib, kitob kabi bemalol bukiladi.

Qurilma Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi hamda Intel protsessori bilan jihozlangan.

Hozirda qurilmaning faqat prototipi sinov tariqasida chiqarilgan bo’lib, sinov jarayoni tugaganidan so’ng qurilma sotuvga chiqarilishi mo’ljallangan.