Do'kon

Tahlilchi: barmoq izi sensorlik yangi “iPhone”lar boshqa bo’lmaydi

Iphone X’dan so’ng, 2018 yilda kutilayotgan barcha barcha yangi iPhone’lardan barmoq izi skayneri “Touch ID” olib tashlanadi, uning o’rniga yuzni aniqlash “Face ID” tizimi o’rnatiladi. KGI Securities tahlilchisi Min-Chu Kuoning fikriga ko’ra, 3D skayner Apple kompaniyasining asosiy tijorat unsuri hisoblanadi va bu orqali kompaniya xaridorlarni jalb qiladi.

Yangi BlackBerry: Klaviaturasiz, lekin super batareya

BlackBerry kompaniyasi brendi ostidagi va barcha huquqlarga ega bo’lgan Xitoyning TCL kompaniyasi Dubayda yangi Android-smartfonni taqdim etdi. Yangilikda KEYOne modeli kabi fizik klaviatura mavjud emas, lekin sensorli ekran deyarli butun old yuzani egalladi. Bunga qo’shimcha ravishda, BlackBerry Motion katta hajmli batareyaga ega (4000 mAh) va bu to’liq ish kuni uchun yetarlidir.