Do'kon

Robert Kiosaki: Qachon muvaffaqiyat keladi?

  • Bo'lim: BLOG

“Har bir inson istagan narsasini bajarish uchun uning qo’llari, oyoqlari, boshi va haftasiga 168 soati bor”.

Amerikalik tadbirkor, yozuvchi va o’qituvchi Robert Kiyosaki o’zining biznes va shaxsiy rivojlanish sohasidagi treninglari va kitoblari bilan juda mashhurdir. Kiyosakining eng mashhur kitobi - “Boy ota, kambag’al ota”.

“Yutqizishdan qo’rqmanglar. G’oliblar yutqizishdan qo’rqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik - bu muvaffaqiyat yo’lining bir qismidir. Muvaffaqiyatsizliklardan qochadigan insonlar - muvaffaqiyatdan ham qochishadi”, - deydi tadbirkor.

“Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo’lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat - harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”

Boshqalar bu sportchiga hech kim ishonmaydi va uning hech qanday imkoniyati yo’q aytsalar, lekin sportchi tanasining har bir hujayrasidagi og’rig’iga qaramasdan, sport zali tomon yursa va harakatni susaytirmasa, keyin esa bu bola Olimpiya chempioni bo’lganda muvaffaqiyat keladi.

Muvaffaqiyat, ota-onasi bolaligidan raqsning kasb emasligini va hayoldan bu foydasiz narsalarni chiqarib tashlashni aytsalar, ammo qiz kechasi va bo’sh vaqtlarida mashq qilish kerakligini va keyin mashhur koreografga aylanganda keladi.

Muvaffaqiyat, kambag’al oila a’zolaridan biri, potentsial investorlar eshiklari yonida kun o’tkazgan, kechalari u loyihalari bilan o’tirib, keyinchalik “mega-korporatsiya” boshlig’iga aylanganda keladi.

Muvaffaqiyat, agar inson minglab muvaffaqiyatsizliklarga va tushkunlikka qaramasdan, o’rnidan turib, yana o’z maqsadiga qaytadigan bo’lsa, orzu uchun ko’p fidokorlik qilganda keladi.

Hayotning rasvo ekanligini va bu narsada biror narsaga erishish mumkin emasligini aytishdan oldin,

- orzuingizni amalga oshirish uchun shaxsan nima qilganingizni o’ylab ko’ring?

- Kechalari qancha uxlamagansiz?

- Qancha jarohat olgansiz?

- Necha marotaba qoqilib, yiqilgansiz?

- Hech narsaga qaramasdan necha marta ishingizni tashamagansiz?

Oyoqlarim og’riyapti, juda charchaganman, vaqt yo’q, men iste’dodli emasman degan bahonalar bilan o’zingizni aldashni bas qiling. Bu hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin. Agar siz unga ishonib, haqiqatan ham xohlasangiz, Albatta, hamma narsa bo’ladi! Dunyoda zabt etib bo’lmaydigan cho’qqining o’zi yo’q!

Robert Kiyosaki

Manba: Fazo.tv