Do'kon

Aqlli sxema: Umringizni oxirigacha davom etadigan qullik

  • Bo'lim: BLOG

Aksariyatimiz iqtisodga tushinmaymiz, mana shu tushinmaslik esa bizni shunday xato fikrlashga olib boradi: iqtisodni tushinish juda qiyin. Va biz bu fanni oddiy til yordamida nima ekanligini bilmay o’tib ketamiz.

- Xo’sh, bu nimani o’zgartiradi?

- Ko’p narsani o’zgartiradi, sizga aytsam!

Bir chetdan boshlaymiz. Bank pulni qayerdan oladi? Ularni Markaziy bank bosib chiqaradi, keyin esa pullarni foiz evaziga mijozlarga beradi. Pul berib, tag’in o’zi pul ishlab topishi uchun bank nima qilishi kerak? Ularni mijozlarga katta foiz evaziga taqdim qilishi lozim.

Umuman olganda, bu yerda mohiyat unchalik muhim emas. Har birimiz jarayonni tushinib turibmiz. Muammo umuman boshqa narsada.

Tabiatda mavjud bo’lmagan pullarni qanday qilib qaytarish mumkin?!

Masalan, Markaziy bank bor yo’g’i 1000 so’m bosib chiqardi. Sizga uni bir yilga 5% ga taqdim qildi. Bir yildan so’ng siz qarzingizni berish uchun kelasiz. Lekin sizda atigi 1000 so’m bor! Yana 50 so’mni (foiz) qayerdan olasiz, modomiki bank ularni hali bosib chiqarmagan bo’lsa.

Tunishyapsizmi?

Banklar faqat qarz evaziga yashaydi. Siz kredit olganingizda, sizning ota-onangiz, qo’shningiz, yaqinlaringiz - barchangiz inflyatsiyani keltirib chiqarasiz. Boshqacha so’z bilan aytganda pul qadrsizlanadi, chunki qarz yana ko’paydi. Ular esa hech qayerdan ololmaydi. Siz qaytarishingiz kerak bo’lgan pul esa, shunchaki, tabiatda mavjud emas. Bank esa yana pul bosib chiqarishiga to’g’ri keladi, toki yangi kreditlar berishi va oldingi yetishmovchiliklarni yopishi uchun.

Bankka u pullarni o’zining hisobida saqlashi foydaliroq.

Oddiy so’zlar bilan aytganda: bankda 1000 so’m zahira bor. Agar besh kishi 200 so’mdan olsa, oltinchi odam uchun pul qolmaydi. Bank ularni, faqat mana shu besh kishidan kimdir o’zining 200 so’mini qaytarib bank hisobiga qo’ysa, ana shundagina berishi mumkin.

Aslini olganda, siz kredit olganda kimningdir pulini o’zlashtirib olasiz, negaki bankning o’z puli yo’q. Mana, nima uchun naqd pulsiz hisob-kitob faol rivojlanib bormoqda.

Nega inflyatsiya katta sur’atda o’sib bormoqda, asosan, kambag’al mamlakatlarda? Bularning bari odamlar kredit hisobiga yashashga o’tib olgani uchun.

Tushinishimiz kerak bo’lgani shuki, banklar kreditlar hisobiga umr kechiradi. Har safar, bankdan pul olar ekansiz, uni borliqda mavjud bo’lmagan katta summa bilan qaytarishingiz kerak bo’ladi. Juda aqlli sxema, shunday emasmi?!

Bu nimani anglatishini fahmlagan bo’lsangiz kerak. Bu umrning oxirigacha davom etadigan qullik degani.

Markaziy bank pul bosib chiqarmasa, odamlar tabiatda mavjud bo’lmagan pulni hech qachon qaytara olmaydilar.

Maqola “Ildiz” Telegram kanalida o’zbek tiliga o’girildi

Manba: Azon.uz