Do'kon

Eng yaxshi innovatsion salohiyatga ega top-3 davlat

Global innovatsion indeksi (GII) bugungi kunda eng qamrovli indekslardan biri bo’lib, unda dunyo davlatlarining innovatsion salohiyati va innovatsiyada erishgan yutuqlari yillik sarhisob qilib boriladi. Ushbu indeksning boshqa indekslardan afzalligi shundaki unda innovatsion faoliyatdan kelgan daromadlardan tashqari davlatning innovatsiyaga, innovatsion iqtisodiyotga bergan e’tibori va innovatsion siyosati ham hisobga olinadi[1].

  • Bo'lim: BLOG
  • Ko'rildi: 3649

Olam va odam: insoniyatning dunyoga ta’siri yohud achchiq haqiqat

Ma’lumki, insoniyat fikrlash, idrok etish, aqliy qobilyat sohibiligi bilan bir qatorda ongli mavjudot sifatida namoyon bo’ladi va boshqa jonzotlardan ajralib turadi. Shu sababli ham insoniyatni dunyodagi eng oliy mavjudotdir deya ta’kidlaymiz. Umuman olganda inson hayoti jumboqli falsafa. Shu o’rinda bir savol tug’iladi. Xo’sh bugungi kunda insoniyatning dunyoga ta’siri qanday bo’lmoqda, u o’zi nimani xohlaydi va nima uchun yaralgan, insoniyatning ilmiy-texnik yutuqlari qay darajada foyda keltirmoqda yoki qay yo’l sari boshlamoqda, bularning bariga javob berish juda mushkuldir. Chunki hayot o’zi murakkabliklardan iborat, bir savolga javob topdim deguningizcha boshqa bir savol paydo bo’ladi va bu savol topgan javobingizni o’zgarishiga yoki qisman tushunmovchilik paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Masalan, nega insonlar yoshligida tezroq katta bo’lishni va aksincha, katta bo’lganlarida esa yosh bolakay bo’lib qolishni xohlashadi. Ular ko’proq pul topish uchun sog’liqlarini yo’qotishadi. Keyin esa, yana o’z sog’liqlarini tiklash uchun pul sarflashadi. Ular bugunni yoddan chiqarib kelajak haqida shu qadar ko’p hayol surishadiki, natijada na hozir va na kelajakda tinch, baxtli yashay olishmaydi. Ular bu dunyoda boqiydek yashashadi, lekin xuddi ummuman umr guzaronlik qilmagandek vafot etishadi.

  • Bo'lim: BLOG
  • Ko'rildi: 15666