Do'kon

Dahshatli tush

Junayd Suavi

Bolaligimdan, tor joylardan o’tsam siqilardim va dod, deb uzoqlashardim. Keyinchalik, buning kasallik ekanini angladimu, lekin bu darddan xalos bo’la olmadim. Holbuki, endi istamasam ham diqqinafas, tor joyda yotibman. Meni o’rab-chirmab, uzun tobutga joylashtirishdi. Atrofimda o’ralashayotganlarning ovozini juda yaxshi eshitib, ko’zlarim yumuqligiga qaramay, har qanaqasiga ularni ko’ra olyapman.

  • Bo'lim: BLOG
  • Ko'rildi: 809

Qora shim

Bolaligimizda bor - yo’q, yo’qlar ko’p edi. Nima istasak “yo’q”, deyilardi. Ota-onamiz qiyinchilik davrlarda katta bo’lishgan. Bizlar ham ularning ko’rgan qiyinchiliklari ta’sir etadigan davrga to’g’ri keldik (Men o’zim 1962 yili tug’ilganman). Nima istasak “yo’q”, nima xohlasak “yo’q”. Masalan, “shim olib bering”, desam “yo’q” deyishadi, “o’yinchoq olib bering”, deyman, “o’zing yasa”. Men o’yinchoqlarimni loydan yasaganman. Ba’zan otamning cho’ntaklarini kesib, ichiga yung solib to’p qilib o’ynardim. Singlim qo’g’irchoqlarini o’zi tikdi. Shuning uchun oddiy narsaning qadrini ham juda yaxshi bilamiz.

  • Bo'lim: BLOG
  • Ko'rildi: 716