Do'kon

Doim omadingiz kelishini xohlaysizmi? Omadning 6 ta omili

Doim omadingiz kelishini xohlaysizmi? Unda quyidagilarga amal qilishingizni tavsiya etamiz.

1-omil: Ochiqlik

Ochiqlik siz nima xohlashingizni aniq bilishingizni anglatadi. Ochiqlik - omadning 80 %i va omad kelishining eng asosiy omilidir. Hamma muvaffaqiyatli kishilar nima xohlashlarini, xohlagan narsasini olish uchun nima qilishlari kerakligini aniq tasavvur qila olishadi.

2-omil: Faoliyat

Ko’p xarakat qilish, yani tajribaga ega bo’lish, maqsadga to’g’ri va to’g’ri yo’nalishda ketayotganingiz ehtimolligini oshiradi.

Masalan: Agar to’pni savatga juda ko’p marta tashlasangiz, savatga tushish ehtimolligi tobora oshib boraveradi.

3-omil: Energetika

Quvvat - omadning kalitidir. Muvaffaqiyatli kishilar qancha narsalarga ulgurayotganliklarini ko’rganingizda, ularning quvvati boshqalarnikiga qaraganda ko’pga o’xshaydi. Aslida esa, muvaffaqiyatli kishilar erta turishadi. Kun davomida ko’p vaqtlarini ish bilan o’tkazishadi, ular hatto kechki vaqt ham ishlashadi. Shuning uchun ularning quvvatlari o’qishga ham yetadi. Ular vaqtlarini o’zlarini rivojlanishiga, biznesining yoki karerasining rivojlanishiga sarf qilishadi.

Doktor Tomas Stenlining izlanishlari natijasida, u va uning guruhi 2500 ta millioner odamdan so’rov o’tkazishdi, unga ko’ra 84% millioner tartiblari va keskin mehnatlari evaziga moliyaviy mustaqil bo’lishganini aytishdi. Millionerlar hayotlari davomida atrofidagi odamlarga qaraganda ko’proq va ko’p vaqt ishlashga tayyorligini ham qayd etib o’tishdi.

4-omil: Shaxs

Insonning shaxsi ham omadning asosiy omillaridandir. Hamma omadli kishilarning umumiy fazilati mavjud. Ular optimist va pozitivdirlar. Ular boshqalar bilan qanday til topishishni biladilar. Ularning do’stlari va tanishlarining ko’p qismi hayotning turli qatlamlaridandir.

5-omil: To’g’rilik-halollik

To’g’rilik va insoflilik hayot va biznesdagi eng ko’p talab va hurmat qilinadigan xislatlardandir. Hammamiz xam, ishongan odamimiz bilan do’stlashish va biznes qurishni xohlaymiz.

6-omil: Qat'iylik

Qat'iylik - Muvaffaqiyatli kishini boshqalardan ajratib turadigan xislatdir. Siz qat'iy bo’lganingizda maqsadingizga erishishga, hamma ishni qilishga tayyor bo’lasiz. Boshqalar to’xtab, chekinishganda, siz to’xtamang. Ko’proq ishlab, masalalarni yechishda turli hil yo’llarni izlang. Maqsadingizga yetish uchun, kerakli malakaga ega bo’lish uchun ko’p o’qishingiz lozim. O’ylaganingizga erishmaguncha ko’p kitob o’qing, seminarlarga boring, treninglarga tashrif buyuring.